Kanal qo‘shish
O‘zbekiston Telegram kanallari katalogi

Telegram kanallarda reklama: toping, solishtiring, buyurtma bering

Kanallarni yo‘nalish, hudud, narx va haqiqiy ko‘rishlar bo‘yicha saralaymiz. Reklama beruvchi adminlarni birma-bir qidirib, javob kutib o‘tirmaydi. Kanal egasi esa mijoz izlamaydi.

Kanal qo‘shish bepulFaqat tekshirilgan kanallarShartnoma va hisob-faktura
Ta’limBiznesToshkentO‘zbek tili
I
Ingliz tili kanali126 ming obunachi · 21 ming ko‘rish
1 200 0001/24
M
Matematika kanali38 ming obunachi · 8,6 ming ko‘rish
450 0001/24
S
Startap kanali48 ming obunachi · 9,1 ming ko‘rish
650 0001/24
3 ta kanal · ~38 700 ko‘rish2 300 000 so‘m

Namuna: katalog ko‘rinishi. Haqiqiy kanallar pastdagi “Katalog” bo‘limida.

Birinchi 30 ta kanal uchun 3 oy davomida xizmat haqi 15%

Odatiy xizmat haqi 20%. Imtiyoz kanal katalogga qo‘shilgan kundan boshlab 3 oy amal qiladi.

30o‘rin qoldi
30 tadan 0 tasi band
Qanday ishlaydi

Ikki tomon uchun ham bir necha qadam

Kanal egasi

  1. Kanalingizni qo‘shasizNarx, yo‘nalish va oxirgi 7 kunlik statistika skrinini yuborasiz. Biz tekshirib, katalogga qo‘shamiz.
  2. Buyurtma keladiReklama matni, sana va summa bilan. Qabul qilasiz yoki boshqa vaqtni taklif qilasiz.
  3. Postni joylaysizHavolasini yuborasiz, biz ko‘rishlarni kuzatamiz.
  4. Pulingizni olasiz24 soatlik hisobotdan keyin, xizmat haqi ushlab qolingan holda.

Reklama beruvchi

  1. Kanallarni tanlaysizYo‘nalish, hudud, til va byudjet bo‘yicha. Har kanalda haqiqiy ko‘rishlar va 1000 ko‘rish narxi ko‘rinadi.
  2. Reklama materialini yuborasizMatn, rasm yoki video. Bir nechta kanal uchun bitta buyurtma.
  3. Bir marta to‘laysizAdminlar tasdiqlagach. Yuridik shaxslar uchun shartnoma va hisob-faktura.
  4. Hisobot olasizPost havolalari va 24 soatlik ko‘rishlar soni.
Kanal egalariga

Mijoz izlamang, reklamani qabul qiling

Kanalingizni bir marta qo‘shasiz. Reklama beruvchilar sizni yo‘nalish va auditoriya bo‘yicha o‘zi topadi.

Qo‘shilish bepul

Oylik to‘lov yo‘q. Xizmat haqi faqat buyurtma bajarilganda olinadi.

Narxni o‘zingiz belgilaysiz

1/24, 2/48 yoki boshqa formatlar. Istalgan vaqtda o‘zgartirasiz.

Ortiqcha yozishmalar yo‘q

Kelishuv, reklama matni va to‘lovni biz yuritamiz. Siz faqat “qabul” deysiz.

Pul kafolatli tushadi

Reklama beruvchi oldindan to‘laydi. Post joylangach, 24 soatdan keyin pul sizga o‘tadi.

Qancha olasiz?

so‘m
Birinchi 3 oy (15%)425 000 Keyin (20%)400 000 Xizmat haqi, birinchi 3 oy75 000

15% imtiyoz birinchi 30 ta kanal uchun. Buyurtma bo‘lmasa, hech narsa to‘lamaysiz.

Kanalimni qo‘shish
Reklama beruvchilarga

Reklama pulingiz haqiqiy auditoriyaga yetsin

Kanallarni o‘zimiz tekshiramiz: obunachilar, oxirgi postlardagi ko‘rishlar va admin qanchalik tez javob berishi.

ER = ko‘rishlar ÷ obunachilar

Soxta obunachilarsiz

Obunachilari ko‘p, ko‘rishlari esa juda kam kanallar katalogga kirmaydi.

CPM = 1000 ko‘rish narxi

Narxlarni solishtirish oson

Har bir kanal uchun 1000 ko‘rish qanchaga tushishi hisoblangan. Byudjetni samarali taqsimlaysiz.

1 buyurtma · 1 to‘lov · 1 hisobot

Bir joydan boshqarish

10 ta kanalga reklama bersangiz ham, bitta buyurtma va bitta hisobot olasiz.

Katalog

Tekshirilgan kanallar

Katalog hozir to‘lmoqda: kanallar tekshiruvdan o‘tgani sari shu yerda paydo bo‘ladi.

Birinchi kanallar qo‘shilmoqda

Kanal egalari bilan kelishuvlar ketmoqda. Katalog ochilganda yo‘nalishlar bo‘yicha filtr, narxlar va 1000 ko‘rish narxi shu yerda bo‘ladi. Kanalingiz bo‘lsa, birinchilardan bo‘ling: imtiyozli o‘rinlar cheklangan.

Biz haqimizda

Kim bilan ishlayotganingizni biling

Otabek Xoshimov, asoschi

8 yildan beri media sohasida. 2018–2021 yillarda MFaktor’da ishlagan, Turkiston maktabida marketolog bo‘lgan. Kanalbor marketolog sifatida o‘zim duch kelgan muammodan tug‘ildi: kanallarni yo‘nalish bo‘yicha saralash qiyin, adminlarning ba’zilari javob bermaydi.

okhashimov.uz →

Rasmiy ma’lumotlar

Tadbirkor
YaTT Xoshimov Otabek Rixsiboy o‘g‘li
Faoliyat turi
Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish
Ro‘yxatdan o‘tgan
20.08.2024, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestri, yozuv № 6406810
Hujjatlar
Shartnoma va hisob-faktura bilan ishlaymiz
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Kanal qo‘shish qancha turadi?

Bepul. Xizmat haqi faqat buyurtma bajarilganda olinadi: bitim summasidan 20%. Birinchi 30 ta kanal uchun dastlabki 3 oy davomida 15%.

Pul qachon va qanday tushadi?

Reklama beruvchi oldindan to‘laydi. Post joylanib, 24 soat o‘tgach, summa xizmat haqi ushlab qolingan holda kartangizga yoki hisob raqamingizga o‘tkaziladi.

Qanday kanallar qabul qilinadi?

O‘zbekiston auditoriyasiga mo‘ljallangan, faol ochiq kanallar. Ko‘rishlari obunachilariga nisbatan juda kam bo‘lgan, shuningdek qimor, 18+ va qonunga zid mavzudagi kanallar qabul qilinmaydi.

Narxni kim belgilaydi?

Kanal egasi. Katalogda reklama beruvchi sizning narxingizni ko‘radi, xizmat haqi shu narxdan olinadi.

Reklama beruvchi admin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lansa-chi?

Narx bir xil bo‘ladi, lekin Kanalbor orqali u bir nechta kanalga bitta buyurtma beradi, tekshirilgan statistikani ko‘radi, to‘lov va hisobotni bir joydan oladi.

Telegram bot va onlayn to‘lov qachon ishga tushadi?

Tez orada. Hozircha buyurtmalar va kelishuvlar Telegram orqali biz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuritiladi.

Kanalingiz bormi yoki reklama bermoqchimisiz?

Telegram’da yozing, bir kun ichida javob beramiz.